STATISTIKA
2024-07-13 15:14:16 303
Statistika
Aholi bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish orqali tumanni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish rejasi orqali kambag’allikni ham qisqartirishga erishish belgilangan.
Bu maqsadga erishish uchun ishsizlik bo’yicha mavjud holati tahlil qilinganda, tumanning 82,9 ming nafardan ortiq aholisidan mehnatga layoqatli qismi 32,3ming nafarni, band aholi soni 29,8 ming (rasmiy sektorda 11,7 ming, norasmiy sektorda 18,1 ming), xorijga ishlash uchun ketganlar 1 426 nafar hamda ishsizlar soni 3,2 ming kishini (ishsizlik darajasi 9,9%) tashkil etgan.
Bunga qo’shimcha ravishda, 1,2 ming nafar mehnat bozoriga ilk bor kirib keladigan bitiruvchilar (maktab, texnikum va oliy ta'lim), 448 nafar mehnat migratsiyasidan qaytib kelishi kutilayotgan fuqarolar hamda19 nafar harbiy xizmatdan va jazoni o’tash joyidan qaytadiganlar hisobiga 2 024 yilda jami 1 667 ta yangi ish o’rinlari yaratish zarurligi hisob-kitob qilindi.
Mazkur hisob-kitoblar asosida tumanni “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish maqsadida 2024 yil yakuniga aholi bandligini ta'minlash maqsad qilib olingan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram