Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-07-13 15:10:10    250

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi to’qsoninchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining barcha o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Sessiya kun tartibiga 2024-2025 yillarda So’x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini amalga oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilish hamda bu bo’yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash masalasi kiritildi.


Masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hisobotini tinglashdi. Kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan tuman hokimi deputatlarga o’z ma'ro’zasida keng qamrovli ma'lumotlar yetkazdi.


Tuman hokimi o’z ma'ruzasida tumanni 2024-2025 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investitsiya dasturlarini o’z vaqtida, samarali va tizimli tashkil etish, bu borada mas'ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish, jamoatchilik va deputatlik nazorati yo’lga qo’yish yuzasidan alohida to’xtalib o’tdi.


Sessiya davomidagi muzokaralarda deputatlar masala bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram