SOHIBKOR MAHALLASI FUQAROLARI “AYTGIL DO’STIM, NIMA QILDIK VATAN UCHUN?” SHIORI OSTIDA MAHALLA OBODLIGIGA HISSA QO’SHISHAYOTIR
2024-07-09 16:17:58 379
Sohibkor mahallasi fuqarolari “Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida mahalla obodligiga hissa qo’shishayotir
Davlatimiz rahbari va Respublika hukumatining alohida e'tibori doirasida oxirgi yillarda viloyatimizning eng chekka tumani – So’xda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Bunday e'tibordan mamnun va minnatdor bo’lgan tuman ahli hudud obodonchiligiga bugun o’zlari ham salmoqli hissa qo’shishayotir.
Xabar berganimizdek, tumanning 1-sektorida joylashgan Tul mahallasida saxovatpesha tadbirkorlar mablag’lari hisobidan ichki ko’chalarga asfalt qoplamasi yotqzish ishlari amalga oshirildi. Bugng esa, mahallaning asosiy ko’chasi ham homiylar hisobidan asfaltlashtirilmoqda.
Uzunligi 900 metrni tashkil qiladigan “Sohibkor” ko’chasida bugun ish qizg’in. Mahallada tashkil etilgan “Saxovatpeshagoni Tul” telegram guruhi a'zolari tashabbusi va homiyligida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlaridan mahalla ahli rosa minnatdor va mamnun.
Mahalla ahli xursandchilikdan xashar tashkil qilib, yo’lsozlarga yaqindan yordam berishayotgan bo’lsa, keksa-nuroniy otaxonlar qo’li ochiq homiylarimizni qo’l ochib duolar qilishmoqda. Shukronalik hissi bilan umrguzaronlik qilayotgan so’xliklar tashabbusi bilan bugun ota-bobolarimizga xos bo’lgan umrboqiy qadriyat va an'analar yangidan ko’z ochayotganiga astoydil inonamiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram