Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

×

 2024-07-09 16:13:33    106

PDF yuklash
Chop etish


“Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

 

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda joylarda ularni muammolarini aniqlash va tizimli bartaraf etishga oid o’tkazilayotgan tadbirlar ham tom ma'noda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tuman madaniyat markazida o’tkazilgan hokim va yoshlar uchrashuvida ham tadbirda ishtirok etgan yoshlarning muammolari o’rganildi.

 

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini o’rganish va tizimli hal etish davlat siyosati darajasida ekanligini ta'kidladi. Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi rahbari Isojon Mastonov va boshqa mutasaddilarga mazkur masalada ko’rsatma bergan tuman hokimi jamiyatda yoshlarning mavqe topishlari uchun nima qilish lozimligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

 

Tuman hokimiga o’z muammolari yuzasidan murojaat etgan yoshlar ham bugungi bo’layotgan amaliy ishlarga doir o’z fikrlarini bayon etdilar. Qilingan har bir murojaat manzilli o’rganilishi va ularga haqiqiy yechim topish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram