"MUSTAHKAM OILA UCHUN BARCHAMIZ MAS'ULMIZ" SHIORI OSTIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2024-07-09 16:11:55 177
"Mustahkam oila uchun barchamiz mas'ulmiz" shiori ostida davra suhbati o’tkazildi
Mahallalarda oilalar mustahkamligini ta'minlash, ushbu yo’nalishda xotin-qizlar faoli va mahallalardagi namuna bo’lgan xotin-qizlar va ko’pni ko’rgan nuroniy onaxonlar faolligini oshirish maqsadida tumanimizda ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarni o’tkazilishi yuzasidan tadbirlar rejasi qabul qilingan bo’lib, ushbu reja asosida tizimli ishlar olib borilayotir. Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi, tuman hokimligi xotin-qizlar bo’limi hamkorligida tashkil etilgan tadbir aynan mana shunday dolzarb mavzularga bag’ishlandi.
Tuman madaniyat markazida "Mustahkam oila uchun barchamiz mas'ulmiz" shiori ostida o’tkazilgan davra suhbatida kunning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi. O’tkazilayotgan to’y-hashamlardagi ortiqcha sarf-xarajatlar, boshqa oilaviy marosimlar jarayonidagi xo’jako’rsinlik holatlari, boz ustiga o’tkazilgan oilaviy tadbirlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga yoyish, bizning millatga mansub bo’lmagan, umuman yot bo’lgan urf-odatlarning paydo bo’lishiga oid bildirilgan tanqidiy fikrlarni bir ovozdan tasdiqlagan mahalla faollari ushbu holatlarga chek qo’yish lozimligi va ularni bartaraf etishda mustahkam harakat olib borish shartu zarurligini tavsiya etdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram