MAHALLA OBODLIGIGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
2024-07-08 17:58:42 150
Mahalla obodligiga barchamiz birdek mas'ulmiz!
Bugun tuman hokimligida davlatimiz rahbarining 2024 yil 25 iyun kuni qabul qilingan 234-sonli “Mahallalarni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doyr qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorini o’rganish va amalda tatbiq etishga doir davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida ishtirok etgan tumandagi mahalla fuqarolar yig’ini raislariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan mazkur qaror mahallalar obodligini ta'minlash, ularni saqlash va obodonlashtirish bilan bog’liq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o’rtasida samarali xdmkorlikni yulga qo’yish hamda mahallalar hududida yashovchi ahlini mahalla obodligiga keng jalb qilishga xizmat qilishini ta'kidladi.
So’x tumanida ham Bag’dod tumani, "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig’ini tajribasi asosida xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta'minlash bo’yicha tubdan yangi tizimni joriy etish uchun sharoit va imkoniyat borligi qayd etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram