Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEBZOR MAHALLASIDA YANGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-07-08 17:56:58    28

PDF yuklash
Chop etish


Sebzor mahallasida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

 

Yosh avlod, barkamollikga intilayotgan o’g’il-qizlarimizga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor zamirida murg’ak qalblarning kellajagi mujassam. Bugun Sebzor mahalla fuqarolar yig’inidagi fuqarolarning shodligi cheksiz: mahallada yangi qiyofadagi 25-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

 

Taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev, mahalla nuroniylari va yoshlari ishtirok etdilar. Ko’y-qo’shiq, she'rxonlik bilan boshlangan mazkur tadbirda Prezidentimiz tomonidan yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor haqida gapirilib, barcha bolajonlar va muassasa mutasaddilariga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

 

Mazkur muassasa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4898-sonli qarori asosida qurilgan. Mazkur muassasa qurilishiga Jahon Banki tomonidan 4 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi.

 

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram