Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA YETTILIGI - MAHALLA ICHIDA

×

 2024-07-04 17:18:41    29

PDF yuklash
Chop etish


Mahalla yettiligi - mahalla ichida

 

Mahalla yettiligining faoliyati yo’lga qo’yilgach, Respublikamizda o’zini o’zi boshqarish organlarida ish olib borayotgan mutasaddilarga ham keng imkoniyatlar eshiklari ochildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – mahalla nufuzini oshirish va aholi muammolari, murojaatlarini qo’yi tizimda o’rganish va hal etish, eng asosiysi, mahallani xalqning chinakamiga umid maskaniga aylantirishdan iborat.

 

Sharqobod mahalla fuqarolar yig’ini tumanimizning 3-sektorida joylashgan bo’lib, mazkur hudud rivojlanishida mahalla yettiligi astoydil harakat qilishayotir. Mahalla hokim yordamchisi Shohzod Turg’unboyevning so’zlariga ko’ra, mahallada yettilikning aniq rejasi mavjud bo’lib, kundalik yumush va faoliyat birgalikda va birdamlikda olib boriladi.

 

Mahallada ichki drayverni yo’lga solish, yoshlarning bo’sh vaqtini samarali o’tkazish, xotin-qizlar faolligini oshirish, soliq tushumlarini tartibga solish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining ijtimoiy ko’makka muhtoj qatlamini aniqlash va ularga amaliy yordam ko’rsatish, fuqarolardan tushgan murojaatlarni manzilli o’rganish va bartataf etish choralarini ko’rishda yettilikning birdamligi katta ahamiyatga ega.

 

Ayni kunda aholi o’rtasida olib borilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlarida ham yettilikning mustahkam hakmkorligi asosiy vosita bo’lib xizmat qilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram