QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
2024-07-03 10:53:33 188
Qonunchilikdagi yangiliklar
Deklaratsiya har yili 15 fevralgacha umumlashtiriladi va tahlil qilinadi
Qonunga muvofiq, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi shaxsga doir ma'lumotlari o’zgargan taqdirda, ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi deklaratsiyani to’ldirishi va har yili 15 yanvardan kechiktirmay maxsus bo’linmaga taqdim etishi kerak.
Davlat organiga yoki boshqa tashkilotga ishga qabul qilinayotgan nomzod, shuningdek boshqa ishga o’tkazilgan xodim ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani to’ldirishi va taqdim etishi kerak.
Maxsus bo’linma:
ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi har yilgi deklaratsiyani har yili 15 fevralgacha umumlashtiradi va tahlil qiladi;
ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish bo’yicha choralarning yetarliligini (to’g’riligini) ta'minlash uchun har yili 1 martga qadar odob-axloq komissiyasiga taklif kiritadi;
odob-axloq komissiyasi tomonidan qabul qilingan xulosaga asosan ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar ko’rish to’g’risida davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining bevosita rahbariga yoxud davlat organining yoki boshqa tashkilotning yuqori turuvchi rahbariga taklif kiritadi.
Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimligiga nomzod ishga qabul qilinayotganda yoxud davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi boshqa ishga o’tkazilayotganda, ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvi to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etganidan keyin maxsus bo’linma yuqorida nazarda tutilgan ishlarni 5 kunlik muddatda amalga oshiradi.
Qonunning to’liq matni: https://lex.uz/pdfs/6952742
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram