Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHARH

×

 2024-07-03 10:47:39    188

PDF yuklash
Chop etish


Sharh

 

Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o’rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish bo’yicha har yili o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini yuqori saviyada tashkil qilishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, So’x tumani hokimining qarori qabul qilindi va qarorga muvofiq ishchi guruh tashkil etildi.

 

Ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

 

- Ochiq muloqotni yuqori saviyada o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy

chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish;


- tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;


- hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni o’tkazish joyi va muddati bo’yicha takliflar va ishtirokchilar ro’yxatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash bo’yicha chora-tadbirlar belgilash.


O’rnatilgan tartibga muvofiq har yili 15-iyundan boshlab ochiq muloqot o’tkazilgunga qadar:


- maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunukun qabul qilinishini tashkil etish;


- har kuni tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to’g’risidagi yig’ma ma'lumotlarni viloyat komissiyasiga taqdim etib borish;

- har hafta tadbirkorlar murojaatlari asosida aniqlangan tizimli muammolarni tuman shtabida muhokama qilib, ularning yechimlari bo’yicha takliflarni viloyat komissiyasiga kiritib borish;

- har kuni tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalar joyida hal qilinishini ta'minlash;

- har hafta biriktirilgan hududlarga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etish, aniqlangan tizimli muammolar  va ularning yechimi bo’yicha takliflarni Viloyat shtabiga kiritib borish belgilab berilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram