TADBIRKORLARNING MUAMMO VA KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISHGA DOIR QABUL O’TKAZILDI
2024-07-03 10:38:03 188
Tadbirkorlarning muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga doir qabul o’tkazildi
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o’rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish bo’yicha har yili o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini yuqori saviyada tashkil qilishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora tadbirlari to’g’risida”gi 200-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda tadbirkorlar muammolarini o’rganishga doir ishchi guruh tashkil etilgan. Tuman madaniyat markazida tashkil etilgan sayyor qabulda ham tumanimiz tadbirkorlari ishtirok etishib, ishchi guruh mutasaddilari va a'zolariga o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolari o’rganildi, ularning hal etilishi bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi. Haftaning har seshanba kuni tadbirkorlar uchun sayyor qabul o’tkazilishi rejalab olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram