Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QARZ SHARTNOMASINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI VA HUQUQIY ASOSLARI

×

 2024-06-29 10:23:33    46

PDF yuklash
Chop etish


Qarz shartnomasini rasmiylashtirish tartibi va huquqiy asoslari

 

Inson hayotida qarz oldi-berdisi eng ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi.

Har qanday inson hayotda yashar ekan, qarz oldi-berdisini boshidan kechirmay iloji yo’q.

Kishilar o’rtasidagi qarz munosabatlari jamiyatda hali ijtimoiy, iqti­sodiy va huquqiy munosabatlar u qadar rivojlanmagan paytlardayoq, muayyan muddatga moddiy buyumlarni qaytarish sharti bilan berib turish tarzida shakllangan.

Qarz munosabatlarining dastlabki huquqiy belgilari qadimgi Rimda yaratilgan bo’lib, pul ixtiro qilinishi bilan mazkur munosabat o’zining xozirgi qarz shartnomasi ko’rinishini olgan.

Bugungi kunda qarz deganda, muayyan muddatga qaytarish sharti bilan pul mablag’i berib turish tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga asosan qarz shartnomasi bo’yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo’la yoki bo’lib-bo’lib, o’shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.

Qarz shartnomasi qanday shaklda tuzilishi kerakligi ham qonun normasida ko’rsatilgan bo’lib, unga ko’ra, fuqarolar o’rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan ortiq bo’lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo’lganida esa summasidan qat'i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.

Qonunchiligimizda qarz oldi-berdisini tuzish va rasmiylashtirish shart qilib qo’yilgan ekan, nima sabab qarz munosabatiga kirishayotgan shaxslar ushbu tartibga rioya etmaydi, degan savol tug’iladi.

Fikrimizcha, buning birinchi sababi - o’rtadagi ishonch, istehola. Ikkinchidan, taraflar notarial idoraga borib, qarz shartnomasini rasmiylashtirishiga yo hafsala qilmaydi yoki imkoni bo’lmaydi.

Muammoning eng kattasi esa huquqiy savod va madaniyatga borib taqaladi.

Qarz munosabatlari qonuniy rasmiylashtirilmas ekan, nizo va muammo paydo bo’laveradi.

Afsuski, bugungi kunda qarz masalasi bilan bog’liq nizolar oz emas.

Fuqarolik sudlarida ko’rilayotgan nizolarning salmoqli qismini ham qarz oldi-berdisiga taalluqli ishlar tashkil etadi.

Shuning o’ziyoq bugungi kunda odamlar o’rtasidagi qarz munosabatlari nechog’li og’riqli tus olib borayotganini ko’rsatadi.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2021 yilning birinchi yarmida Farg’ona viloyatining fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarida qarzni undirishga oid 324 ta da'­vo ariza ko’rilgan.

Shundan 252 ta ariza qanoatlantirilgan. Buning natijasida esa javobgarlardan, ya'ni qarzdorlardan jami 9 milliard

121 milliondan ziyod qarz summasini da'vogarlar, demakki, haqdorlar foydasiga undirish haqida hal qiluv qarorlari chiqarilgan.

Bular haqiqatan ham odamgarchilik nuqtai nazaridan yordam qo’lini cho’zgan insonlardir.

Bu kabi toifaga mansub kishilar ishonch va istihola sabab qarz munosabatini qonuniy rasmiylashtirmaydilar.

Ammo vaqti kelib, qarzdorning noinsofligi yoki to’lov imkoniyati bo’l­magani bois, o’rtada nizo paydo bo’ladi.

Islom dinida ham qarz oldi-berdisi guvohlar ishtirokida tasdiqlanishi qayd etilgan.

Shuning uchun ham qarz oldi-berdisini rasmiylashtirishda istihola yoki andishaga borish kerak emas.

Qarz shartnomasini notarial tartibda rasmiylashtirilishi kelgusida taraflar o’rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda sudgacha yetib bormaslikka olib keladi.

Chunki, notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish qonunda belgilab qo’yilgan.

Xulosa o’rnida shuni ta'kidlash joizki, fuqarolar o’rtasida qarz shartnomalarini rasmiylashtirishda qonun talablariga rioya qilinishi hamda zimmalaridagi vazifani o’z vaqtida ado qilishlari natijasida bu turdagi nizolarni kamayishiga xizmat qiladi.

 

 

D.I.Ismatullayeva -   Fuqarolik   ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sud'yasi

M.Qodiraliyev - Farg’ona shaxar adliya bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram