Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADOLATNI TIKLASH MASALASIDA QILINGAN FUQARO MUROJAATI QONUN DOIRASIDA QANOATLANTIRILDI

×

 2024-06-26 16:12:29    243

PDF yuklash
Chop etish


Adolatni tiklash masalasida qilingan fuqaro murojaati qonun doirasida qanoatlantirildi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to’g’risida”gi Nizomga asosan adliya organlari zimmasiga fuqarolarning huquqlari va erkinliklari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan buzilishi to’g’risidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama ko’rib chiqilishini ta'minlash, ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko’rish vazifasi yuklatilgan.


Ushbu yo’nalishda So’x tumanida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Adliya tizimi xodimlari fuqarolardan tushgan murojaatlarni xolisona o’rganib, ularga huquqiy va amaliy ko’mak berishmoqda.

 

So’x tuman adliya bo’limi tomonidan So’x tumani Oftobru mahallasida yashovchi, tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borgan  N.M. ning murojaati o’rganildi. Fuqaro O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasi talablari asosida homiladorlik va tug’ish ta'tiliga chiqqanligi, biroq TTB markaziy hisobxonasi tomonidan ta'til bo’yicha haq to’lanmaganligi va ta'til haqini undirishda amaliy yordam berishni so’rab ariza yozgan.

 

Ushbu murojaat to’liq o’rganilib, So’x tuman fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga yo’naltirildi.

 

Mazkur murojaat bo’yicha 2024 yil iyun oyining 11 kuni fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining ochiq sud majlisida hal qiluv qarori qabul qilindi.

 

O’tkazilgan ochiq sud majlisida So’x tumani Adliya bo’limining da'vogar N.M. ga manfaatida javobgar So’x tuman tibbiyot birlashmasiga nisbatan homiladorlik va tug’ish ta'tili to’lovi va kompensatsiya undirish haqidagi da'vo arizasi qanoatlantirildi. Da'vogar N.M. ning foydasiga javobgar So’x tuman tibbiyot birlashmasidan 11.148.190 so’m miqdorida ijtimoiy nafaqa va kompensatsiya, 34.000 so’m miqdorida pochta xarajati undirilishi  va javobgar So’x tuman tibbiyot birlashmasidan davlat daromadiga 445.928 so’m miqdorida davlat boji undirilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.

 

Murojaat qilgan fuqaro qonunchikdagi tartib-qoidalarga ishonib, o’z muammosini arz qiladi. Bizning davlatchiligimizda hech bir murojaat o’rganilmasdan qolmaydi va murojaatdagi muammo qonun doirasida hal qilinadi.

Bunyodjon Enazarov – So’x tumani Adliya bo’limi boshlig’i

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram