PREZIDENT FARMONI
2024-06-25 11:29:26 186
Prezident Farmoni
«O’zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor yo’nalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi printsipini amalda ta'minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2024 yil 10 iyun kuni PF-89-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan 2025 yil 1 yanvardan boshlab
jinoyat ishlari bo’yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish masalasi jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko’rib chiqilishi tartibini joriy etish;
jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritish;
jinoyat ishlari bo’yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanktsiyalar faqatgina apellyatsiya instantsiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko’rib chiqilishi tartibini belgilash;
tergov sudyalariga ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolatini berish;
tergov sudyalari tomonidan ko’rib chiqiladigan ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuqori instantsiyalarda qayta ko’rib chiqishning amaldagi tartibini saqlab qolish belgilangan.
Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanktsiyalar va majburlov choralarini qo’llash masalasini ko’rib chiqish vakolati berilmoqda:
a) quyidagilar bo’yicha sanktsiyalar:
qamoqqa olish yoki uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash bilan bog’liq iltimosnoma;
qamoqda saqlash yoki uy qamog’i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog’lik, iltimosnoma;
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi iltimosnoma;
murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
pochta-telegraf jo’natmalarini xatlash to’g’risidagi iltimosnoma;
tintuv o’tkazish haqidagi iltimosnoma;
telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
mol-mulkni xatlash to’g’risidagi iltimosnoma;
b) quyidagilar bo’yicha majburlov choralari:
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to’g’risidagi iltimosnoma;
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
ayblanuvchining tibbiy muassasada bo’lishi muddatini uzaytirish to’g’risidagi iltimosnomasi;
ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to’g’risidagi iltimosnoma;
v) prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko’rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to’g’risidagi iltimosnomasi.
Quyidagilar tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib belgilangan:
qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlash;
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo’li bilan samarali himoya qilish.
Abdullayev Shermuxammad Ro’zimatovich - Fuqarolik ishlari bo’yicha
So’x tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram