Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA HAM “YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!” SHIORI OSTIDA GALA-KONTSERT O’TKAZILDI

×

 2024-06-24 17:41:09    96

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida ham “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-kontsert o’tkazildi

 

30 iyun – Yoshlar kuniga bag’ishlab Respublikamiz bo’ylab “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tantanali tadbirlar o’tkazilmoqda. Tuman markaziy o’yingohida bo’lib o’tgan mazkur tadbirga tashrif buyurgan so’xlik yoshlarning qalbida o’tkazilgan gala-kontsert taassurotlari umuman o’chmaydi desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

 

Zamon bilan hamnafas borayotgan O’zbekiston yoshlarini birlashtiradigan bunday tadbirlar o’zining betakrorligi bilan ham ahamiyatlidir. Vizual tarzda, o’zgacha bezatilgan markaziy o’yingohdagi sahanadan Respublikamizdan tashrif buyurgan, viloyatimizdan, Qirg’iziston respublikasidan kelgan san'at ustalari va mahalliy san'atkorlar o’z qo’shiqlari bilan barcha yoshlarni o’yin-kulgu va raqsga chorladilar.

 

Tadbirda tumanda o’tkazilgan futbol va mini-futbol musobaqalari g’olib va sovrindorlariga, jahon arenalarida Vatan sharafini himoya qilgan so’xlik yosh sportchilarga O’zbekiston yoshlar ishlari Agentligi Farg’ona vailoyati bo’limi vakillari, tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

 

Xulosa, unutilmas lahzalarga boy o’tgan “Yoshlar kuni” gala-kontserti So’x yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashishga, Vatanni sevish va unga munosiblik hissida yashashga undadi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram