Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2024-06-24 17:38:27    84

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar

Prezident tomonidan 24.05.2024 yildagi "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80- son Farmon imzolandi.

Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilmoqda, intellektual mulk to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan xulosa berish, kontrafakt mahsulotlarning yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo’yish va yo’q qilish, intelektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o’tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.

2024 yil 1 iyuldan elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro’yxatdan o’tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali topshirish imkoniyati yaratiladi, intellektual mulk ob'ekti ro’yxatdan o’tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo’lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko’rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi. Uning doirasida, Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi. Apellyatsiya kengashlari ma'muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo’lmagan davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi ma'muriy hujjatlarini sudgacha ko’rib chiqish natijasida ushbu faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o’zgartiriladigan hujjatlar mustasno; apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma'muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat'iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

Yuridik kadrlar tayyorlashda yangi tizim joriy etiladi

Yuridik kadrlarni tayyorlashda "maktab - litsey - texnikum - universitet" tizimi joriy etiladi. "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi prezident farmoni qabul qilindi. Hamda Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Maktablarda "Huquq sinfi" va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o’qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda "maktab - litsey - texnikum - universitet" tizimini joriy etish. Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini "yurisprudensiya" yo’nalishidagi oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.

Quyidagi institutlar tashkil etiladi: Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti; Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko’rsatiladigan 13 ta davlat xizmatlari ro’yxati tasdiqlanmoqda. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent sifatida ko’rsatiladigan 15 ta davlat xizmatlari ro’yxati tasdiqlanmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 25.05.2024 yildan kuchga kirdi.


Murodjon Qodiraliyev - Farg’ona shahar adliya bo’limi boshlig’i



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram