BILASIZMI?
2024-06-20 16:04:05 418
Bilasizmi?
Gidrogeologik xulosa berish
Xulosa beriladigan ob'ekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Hududning yer osti suvlari holati
Xulosa olishni so’rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar
Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “O’zbekgidrogeologiya” davlat muassasasi
Xulosa olish uchun talab etiladigan ma'lumotlar va hujjatlar:
a) yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo’lsa), xizmat ko’rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag’i, telefon raqami;
b) jismoniy shaxs uchun — F.I.Sh., JShShIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo’lsa), telefon raqami;
v) ko’rsatilgan hududning aniq joyi;
g) loyihalanayotgan quduqning geografik joylashish koordinatalari:
shimoliy kenglik;
sharqiy uzunlik;
d) yer osti suvini olishdan maqsad:
xo’jalik-ichimlik;
ishlab chiqarish-texnik (sanoat);
qishloq xo’jaligi (sug’orish);
zax qochirish (drenaj);
davolash-balneologik;
e) yer osti suviga bo’lgan talab hajmi (m3/kun).
Arizani ko’rib chiqish uchun to’lanadigan yig’im miqdori:
Yig’im undirilmaydi
Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig’im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining10 baravari
Xulosa berish bo’yicha arizalarni ko’rib chiqish muddati:
8 ish kuni
Xulosa berishning talab va mezonlari:
Ko’rsatilgan hududda yer osti suvlari holatini va tegishlicha quduq burg’ilashning maqsadga muvofiqligi (er osti suvlari zaxiralarining mavjudligi, suv chiqarish imkoniyati, sifat ko’rsatkichlari kabilar)
Xulosaning amal qilish muddati:
2 yil
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram