Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MO’NIS ONAXONGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2024-06-13 11:26:56    630

PDF yuklash
Chop etish


Mo’nis onaxonga ehtirom ko’rsatildi


Ona! Bu muqaddas nom oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha baland parvoz maqtovlar farzandlar muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.


Qarilik gashtini surayotgan, Obishir mahallasida yashovchi onaxon – Nodiraxon-aya Mirsharipovani juda yaxshi taniyman. Rosti, havasim keladi... O’zlariga, farzandlariga, nevaralariga...

 

Yaxshi insonlar har doim ardoqda, e'zozda bo’lishlarini hammamiz yaxshi bilamiz. Birigina e'tibor bunday insonlarni juda quvontiradi. Mana shunday quvonchni bugun man Nodiraxon-ayaning ko’zlarida ko’rdim. Aslida, bunday insonlar boshqalar muvaffaqiyatidan ham mana shunday samimiy quvonishadi, xursand bo’lishadi...

 

Bugun Nodiraxon-aya Mirsharipovaga Farg’ona viloyati hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Sovg’alarni aya tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari qo’lidan qabul qilib oldilar.

 

Xursandchiligingizga hamrohmiz, mo’nis onaxon! Yuzga kiring. Mana shunday quvonchi lahzalar doimiy hamrohingiz bo’lsin! Farzandlar kamolini ko’rish barchaga ham nasib etsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram