Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEL YO’LLARINI TA'MIRLASHDAGI MAS'ULIYATSIZLIK – INSON HAYOTIGA BEFARQLIK BILAN TENGDIR!

×

 2024-06-12 18:01:15    114

PDF yuklash
Chop etish


Sel yo’llarini ta'mirlashdagi mas'uliyatsizlik – inson hayotiga befarqlik bilan tengdir!

 

Tumanimizning tog’oldi hududlarida davlatimiz rahbari va Respublika hukumati e'tibori asosida mavjud sel yo’larini ta'mirlash va rekonsturktsiya qilishga doir amaliy ishlar qilinayotir.

 

Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish ifratuzilmasini rivojlantirish (PQ-404) dasturi asosida

 

- Demursad mahalla fuqarolar yig’inida Kosmidon sel yo’lini qayta ta'mirlash;

- Navobod mahalla fuqarolar yig’inidagi Malbut sel yo’li tozalash va 4 ta yangi sel yo’li qurish va ta'mirlash;

- Devayron mahalla fuqarolar yig’inining yangi Devayron sel yo’lini ta'mirlash va qirg’oqlarini mustahkamlash;

- Tul mahalla fuqarolar yig’inidagi Oqtosh sel yo’lini ta'mirlash va qirg’oqlari mustahkamlash;

- Oftobru mahalla fuqarolar yig’ini Toshqo’ra sel yo’lini ta'mirlash va qirg’oqlarini mustahkamlash;

- Hushyor qishlog’i Ziyrak sel yo’lini PK0+00 dan PK8+95 gacha rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddilar tomonidan o’rganib chiqildi va qurilish tashkilotlarga zaruriy ko’rsatmalar berildi.

 

O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari So’x tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, hokim o’rinbosari va tuman mutasaddilari bilan birgalikda hududlarda ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlarni o’rgandi va ko’zdan kechirdi. Rekonstruktsiya qilinayotgan sel yo’llarida bajarilayotgan ishlarning sifatiga e'tibor qaratish va ajratilayotgan mablag’larni tolon-toroj qilishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qat'iy ko’rsatmalar berildi.

 

Qurilish va ta'mirlash olib borilayotgan hududlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiqligi alohida ta'kidlandi va ushbu tizimni qat'iy joriy etish lozimligi qayd etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram