Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLARNING QONUNIY MANFAATINI HIMOYALASH ISHONCHLI QO’LLARDA!

×

 2024-06-11 17:29:21    185

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarning qonuniy manfaatini himoyalash ishonchli qo’llarda!

So’x tumani adliya bo’limiga fuqaro, So’x tuman tibbiyot birlashmasi, bolalar bo’limi navbatchi hamshirasi vazifasida faoliyat yuritgan N. A. tomonidan 2024-yil mart oyida tibbiyot bo’limi tomonidan ishlagan oylik ish haqini to’lamayotganligi sababli murojaat qilingan.

O’rganish davomida N.A. ga haqiqatdan ham yanvar-fevral-mart oylardagi oylik ish haqlarini to’lamasdan kelinayotganligi aniqlanib, So’x tuman adliya bo’limi tomonidan 2024-yil 20-mart kuni oylik ish haqini to’lash choralarin ko’rish maqsadida tuman tibbiyot bo’limiga taqdimnoma kiritlilgan.

So’x tuman tibbiyot bo’limi tomonidan taqdimnoma ijrosini to’liq bajarilmagan hamda ishlagan oylik ish haqini to’lab berilmasdan kelayotganligi aniqlangandan so’ng mazkur mazkur murojaat tuman adliya bo’limi tomonidan tuman fuqarolik ishlari bo’yicha sudiga hal etish uchun yo’naltirilgan.

2024 yil 21 may kuni fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining ochiq sud majlisida da'vogar N. A.ning manfaatida javobgar So’x tuman tibbiyot bilashmasiga nisbatan ish haqi va kompensatsiya undirish haqidagi da'vo arizasi yuzasidan kiritilgan fuqarolik ishi ko’rib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 249-253-moddalarini qo’llab sud tomonidan chiqarilgan qarorga ko’ra, da'vogar N.A.ning da'vo arizasi qanoatlantirildi.

Da'vogar N. A. ning foydasiga javobgar So’x tuman tibbiyot birlashmasidan 6 027 171 so’m miqdorida ish haqi va 34 000 so’m miqdorida pochta xarajatlari undirib berildi.

Albatta, fuqarolarimizning qonuniy manfaatlari har doim adliya tizimi tomonidan himoya qilinadi. Zotan, adolat va haqiqat bo’lgan joyda qonunbuzarlik va huquq poymol bo’lishiga aslo yo’l qo’yilmaydi.

Bunyodjon Enazarov – So’x tuman adliya bo’limi boshlig’i

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram