Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2024-06-10 15:50:02    184

PDF yuklash
Chop etish


Qonunchilikdagi yangiliklar


Odob-axloq komissiyasi mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvlari to’g’risida xulosa qabul qiladi


Qonunga muvofiq, manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma'lum bo’lib qolgan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlarini oshkor etishga yo’l qo’yilmaydi.


Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to’qnashuvlari to’g’risida har yarim yilda xulosa qabul qiladi hamda ularni tartibga solish bo’yicha ko’rilgan choralarning yetarliligini (to’g’riligini) ko’rib chiqadi.


Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning odob-axloq komissiyasi aniqlangan manfaatlar to’qnashuvi hollarini maxsus bo’linma bilan birgalikda tahlil qiladi va davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimlari o’rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.


Manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’yilgan holda qabul qilingan qarorlar yoki tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.


Qonunning to’liq matni: https://lex.uz/pdfs/6952742

Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram