Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KREDIT SHARTNOMASI YUZASIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI KO’RIB CHIQISHNING O’ZIGA XOSLIGI  

×

 2024-06-10 15:03:41    204

PDF yuklash
Chop etish


Kredit shartnomasi yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni ko’rib chiqishning o’ziga xosligi  

 

Sudlar tomonidan kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni ko’rishda qonun hujjatlarining bir xilda qo’llanilishini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 22 dekabrdagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta'minlash to’g’risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo’llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-sonli Qarori qabul kilingan.

Ushbu qarorda sudlar kredit shartnomasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Garov to’g’risida”gi, “Garov reestri to’g’risida”gi, “Ipoteka to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari, banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga e'tibor qaratishi lozimligi nazarda tutilgan.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga ko’ra, kredit shartnomasi bo’yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag’lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to’lash majburiyatini oladi.

Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo’lmasligiga olib keladi.

Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilab qo’yilgan bo’lmasa, kredit berish, shu jumladan bo’nak, oldindan haq to’lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq to’lashni kechiktirish va bo’lib-bo’lib to’lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.

Plenum qarorida sudlar kredit summalarini muddatidan oldin undirish to’g’risidagi da'volarni ko’rishda kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to’g’risidagi talabning yo’qligi kredit summasi va foizlarni muddatidan oldin undirish haqidagi talablarni qanoatlantirishni rad etish uchun asos hisoblanmasligini e'tiborga olishlari lozimligi ko’rsatilgan.

Bizning fikrimizcha, banklar tomonidan kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirish va undiruvni garov mulkiga qaratish haqidagi talab bilan kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi talablarni birlashtirish lozim. Bu esa tadbirkorlarga ancha yengillik beradi.

Chunki shartnoma bekor qilingach, barcha huquq va majburiyatlar ham bekor bo’ladi va shartnoma bo’yicha yana qo’shimcha foiz hisoblanmaydi.

Bundan tashqari, sudda nizo ko’rib chiqilguniga qadar mavjud muddati o’tgan kredit qarzdorligi to’liq qoplangan taqdirda, mediativ kelishuv tuzish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiq.

Natijada, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlanganligi nuqtai nazaridan kredit olgan tadbirkorlar uchun adolatli qaror qabul qilinishiga erishiladi.

Hozirda mazkur toifadagi ishlarni ko’rishda sudlar tomonidan kredit munosabatlari sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishi hollariga xususiy ajrim va taqdimnomalar bilan munosabat bildirilib borilmoqda.

 

U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram