JARAYON
2024-06-08 17:05:29 273
JARAYoN
Aholi muammolarini o’rganish va hal etish bo’yicha tumanimizda bo’lib turgan Respublikai ishchi guruhi a'zolari tuman hokimi va bevosita hokim o’rinbosarlari bilan birgalikda tumanimizning mahallalariga tashrif buyurib, bevosita aholi bilan uchrashib, ularning muammo va kamchiliklarini manzilli o’rganishmoqda. Dastlab Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida bo’lgan ishchi guruh a'zolari mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Mahalla fuqarolari xonadonlarida bo’lgan mehmonlar aholini qiynayotgan muammolar bilan qiziqdilar. Respublika ishchi guruhi tomonidan tumanimizdagi barcha mahallalarda o’rganish amaliyoti izchil ravishda olib boriladi va ayni damda muammolarni o’rganish yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram