Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR

×

 2024-06-08 17:01:01    279

PDF yuklash
Chop etish


Nogironligi bo’lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar:


Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo’shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

Nogironligi bo’lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to’xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.


I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko’rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo’llaniladi.

Nogironligi bo’lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro’yxatidan (qayta ro’yxatdan) o’tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.


Nogironligi bo’lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko’rsatiladi.


I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro’yxatga kiritilgan.

Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.


Nogironligi bo’lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog’lomlashtirish huquqiga ega.


I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarning mulkida bo’lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.


Mehmonxonalarda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.


Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko’chiriladi.


I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar yer solig’idan ozod qilinadi.


Byudjet mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug’ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo’lgan bolalar to’lovdan ozod etiladi.

Bolalikdan nogironligi bo’lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so’m) miqdoridagi mablag’lari daromad solig’iga tortilmaydi.

Zafariddin Zafarov - So’x tuman “Inson” IXM nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ishlash bosh mutaxassisi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram