Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR RAHBARI TASHABBUSI BILAN OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR O’RTASIDA INTELLEKTUAL VA SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI

×

 2024-06-07 16:19:50    146

PDF yuklash
Chop etish


2-sektor rahbari tashabbusi bilan otaliqqa olingan yoshlar o’rtasida intellektual va sport musobaqalari tashkil etildi

Bugun tumanning 2-sektori binosida So’x tumani prokurori tashabbusi bilan navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 12 ta hududiy korxona va tashkilotlar 70 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi.

Ish joyi bo’lmagan va yarmarkada qatnashib, murojaat qilgan fuqarolar tuman prokurori tomonidan mutaxassisligi bo’yicha tegishli tashkilotlarga biriktirilib, amaldagi tartib-qoidalar asosida ishga qabul qilindi.


Yarmarka samarasi o’laroq, 12 nafar fuqarolar doimiy ish joyiga ega bo’lishdi. Sektor rahbari tashabbusi bilan 15 nafar xotin-qizlar Saribozorcha va Qal'a mahallalaridagi tikuvchilik o’quv kurslariga jalb etildi.

 

Tadbirda o’zini o’zi band qilish maqsadida “Ayollar daftari”dagi 7 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari taqdim etildi. So’x tumani hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etgan mazkur tadbirni tashkil etishdan maqsad ishsiz fuqarolar, ayoniqsa, ayollarni doimiy ish joylariga ega bo’lishlarini ta'minlashdan iborat ekanligini ta'kidlandi.

 

Tadbir doirasida tibbiy ko’rik ham tashkil etilib, unda 25 nafardan ortiq fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ularga bepul dori-darmonlar berildi.

 

Mazkur tadbir doirasida sektor rahbari tashabbusi bilan mahallalardagi otaliqqa olingan yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Maydonga chiqgan yosh voleybolchilar, tennischilar, karatechilar, gimnastikachi qizlar va bokschilar ham g’oliblik uchun o’zaro belashdilar.

 

Tadbir yakunida o’z sohasida eng faol bo’lgan sportchilarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. “Zakovat” intellektual musobaqalari g’oliblari ham tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram