TUMANIMIZ EKSPORT SALOHIYATINI YANADA KO’TARISH MAVZUSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2024-06-06 15:14:16 302
Tumanimiz eksport salohiyatini yanada ko’tarish mavzusida seminar tashkil etildi
Qishloq xo’jaligi tumanimiz iqtisodiyotining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Agrar tuman bo’lgani bois, tumanimizda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari sonini kengaytirish, shu bilan birga yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish va pirovardida, mahsulotlar eksporti ko’lamini kengaytirish bo’yicha izchil sa'y-harakatlar qilinmoqda.
Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan ko’p tarmoqli “Aliboy” fermer xo’jaligida qishloq xo’jaligi vakillari ishtirokida tuman eksport salohiyatini yanada ko’tarish mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda ishtirok etgan barcha soha vakillariga eksportbop mahsulotlar yetishtirilishida eng avvalo uning sifatiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.
Seminarda ishtirok etgan o’simliklar karantini va himoyasi, fitosanitar nazorati inpektsiyasi So’x tumani bo’limi xodimlari ham soha vakillariga kerakli maslahatlar berishdi.
Tadbir jarayonida seminar ishtirokchilari mazkur xo’jalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ko’p tarmoqli “Aliboy” fermer xo’jaligi asosan bog’dorchilikka ixtisoslashgan bo’lib, umumiy yer maydoni salkam 13 gektarni tashkil etadi. Xo’jalik bog’larida asosan o’rik va gilos mevalari parvarishlanadi. Ayni kunda xo’jalikda gilos eksport qilinmoqda.
Bundan tashqari, xo’jalikda tsitrus mevalar parvarishi uchun issiqxonalar tashkil etilgan. Tashkil etilgan maxsus inkubatoriyadan yiliga 3 500 – 3 800 dona jo’ja olinib, bozorga chiqariladi. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligida meva va savbzavot ishlab chiarish va qayta ishlash, asal ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Fermer xo’jaligida 12 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlangan.
Tashkil etilgan mazkur seminarda shuningdek, meva-sabzavotlar parvarishida e'tiborga olinadigan eng asosiy yo’nalishlar hususida ham mutaxasssislar tomonidan kerakli maslahatlar berildi. Xususan, mahsulotlar kasalligini oldini olishga qaratilgan zaruriy choralar xususida ham yetarli ma'lumotlar berildi.
Tumanimizda 11 ta ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining faoliyati yo’lga qo’yilgan. Zamon bilan hamnafas borayotgan mirishkorlarimiz yetishtirilgan sifatli mahsulotlarni jahon bozorlariga olib chiqishga astoydil intilmoqdalar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram