Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHASHMA BULOG’I ATROFINI OBODONLASHTIRISH MAQSADIDA HASHAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-06-05 15:57:13    191

PDF yuklash
Chop etish


Chashma bulog’i atrofini obodonlashtirish maqsadida hashar tashkil etildi

Chashma mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan Chashma bulog’ini tumanimizning o’ziga xos tashrif qog’ozi desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Buloq suvidan mazkur hududda istiqomat qiluvchi O’zbekiston Respublikasi va qo’shni Qirg’iziston respublikasi fuqarolari foydalanishadi.

Mazkur hududda tozalik va obodonchilik ishlarini tashkil etish maqsadida tuman hokimligi tashabbusi bilan hashar tashkil etildi. Mazkur hasharda o’z xohishlari bilan ishtirok etayotgan 4-sektor hududidagi mahallalar fuqarolari buloq atrofini tozalash va ko’kalamzorlashtirishda astoydil harakat qilishayotir.

Shuningdek, hasharda tumandagi obodonlashtirish boshqarmasi, qishloq va suv xo’jaligi bo’limi, “O’zsuvta'minot” MChJ So’x tumani bo’limi vakillari, tuman irrigatsiya bo’limi xodimlari uyushqoqlik bilan qatnashdilar. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va qo’shni Qirg’iziston vakillari ham hashar jarayonida ishtirok etdilar.

Kechagi bo’lib o’tgan obodongarchilik ishlarida qo’shni Qirg’iziston vakillari ishtirok etgan. Ishlar samaradorligini istab va do’stlikni mustahkamlashni tilab, ikki qardosh xalq vakillari tomonidan duolar qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram