BILASIZMI?
2024-06-04 17:14:47 248
Bilasizmi?
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma'lumotnomasi
Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qiladi.
Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)
Vakolatli organ:
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O’zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari
Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma'lumotlar:
So’rovnomada shaxsga oid quyidagi ma'lumotlar ko’rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o’zgargan bo’lsa, bu haqda ma'lumotlar ko’rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma'lumotlari (JShShIR ma'lumotlari);
ma'lumotnoma tili (o’zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo’lsa) va telefon raqami;
ariza beruvchining mehnat faoliyati to’g’risidagi ma'lumotlar:
ish joyi va lavozimi;
ishga qabul qilinganligi bo’yicha buyruq raqami va sanasi;
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bo’yicha buyruq raqami va sanasi;
ish haqini tasdiqlash lozim bo’lgan yillar;
ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi (agar mavjud bo’lsa);
tashkilotning nomi o’zgarganligi to’g’risida ma'lumot (agar mavjud bo’lsa);
homiladorlik va tug’ish ta'til yillari.
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo’lsa).
Davlat xizmatini ko’rsatganlik uchun undiriladigan yig’im miqdori:
Bepul
Davlat xizmatini ko’rsatish muddati:
Ish stajini tasdiqlashga oid ma'lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma'lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda
Asos: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram