Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALINING TUMAN BOSQICHI O’TKAZILDI

×

 2024-06-01 15:58:58    266

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “Onalarga ehtirom” festivalining tuman bosqichi o’tkazildi


Farg’ona tajribasi sifatida o’tkazilayotgan va an'anaga aylanib qolgan “Onalarga ehtirom” festivalining tuman bosqichi “Shabboda” dam olish maskanida bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy qutladi.

 

Tadbirda tumanning barcha hududlaridan turli jabhalarda faollik bilan ish olib borayotgan xotin-qizlar, hayotiy tajribalarini oilada va mahallada yosh avlodga munosib ulashayotgan mehribon bekajonlar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan tuman sektorlari rahbarlari ham barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy qutladilar. 


Tadbir fayziga yosh san'atkorlarning diltortar navolari, chiroyli ko’y-qo’shiqlari yanada ko’tarinkilik baxsh etdi. Sahnada yangragan taronalarda onajonlarimiz va ularning cheksiz mehri tarannum etildi.


Tadbir jarayonida mehnat faxriylari va jamiyatda faollik bilan mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Sovg’alarni o’z egalariga tuman hokimi va sektorlar rahbarlari taqdim etdilar.   


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram