SO’X TUMANIDAGI BOZORDA NOQONUNIY DO’KONLAR BUZDIRILDI
2024-05-30 17:50:22 500
So’x tumanidagi bozorda noqonuniy do’konlar buzdirildi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra, savdo majmualari va bozorlarda belgilangandan tashqari qo’shimcha savdo joylarini tashkil etish, shuningdek konteynerlar, avtomashinalardan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
Fuqaro X.M.,S.M. va I.M.lar ham So’x tumanidagi “Dehqon bozori”ning xududida noqonuniy savdo do’konlarini qurib olishib, bir muncha vaqt davomida savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelganlar. Shu sababli, So’x tuman hokimligi ushbu joydagi noqonuniy qurilmani buzdirilishini sud orqali so’ragan.
Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasida So’x tumani “Dehqon bozori”ga kirish qismiga qurilgan 16 kv.metr, 32 yer kv.metr va 16 kv.metr maydonidagi javobgarlarga tegishli bo’lgan qurilmalar buzdirilishi va bo’shatilgan yer maydoni tuman hokimligi ixtiyoriga qaytarilishi ko’rsatilgan.
Byuroning So’x tuman bo’limi tomonidan qarzdorlar X.M.,S.M. va I.M. lar ogohlantirilgan bo’lib, noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda buzilmagani sabab, majburiy ijro harakatlari olib borilib, buzdirilishi ta'minlandi.
Bozorlarda savdo qilish qoidasiga amal qilish, hujjatlari rasmiylashtirilgan joylarda savdo qilish yuqoridagi kabi ko’ngilsiz holatlarga tushishning oldini oladi.
Muzaffarjon Nurmatov - MIB So’x tumani bo’lim boshlig’i
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram