Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI DAVLAT MUASSASALARIDA HAM TASHKIL ETILMOQDA

×

 2024-05-30 17:48:43    453

PDF yuklash
Chop etish


“Onalarga ehtirom” festivali davlat muassasalarida ham tashkil etilmoqda

Bugun tumanimizning “Sohil” dam olish maskanida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariyati tashabbusi bilan viloyatimiz uzra davom etayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasida tadbir tashkil etildi. Markaz rahbariyati tomonidan tadbirga taklif etilgan bir guruh onaxonlarga bayramona ziyofat uyushtirildi.

Bir piyola choy ustida yig’ilib, qo’llarini duoga ochgan nuroniy onaxonlar va muhtarama ayollarimiz Respublikamizda ayollarga, xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor haqida samimiy so’zlar bayon etib, tadbir tashkilotchilariga o’zlarining minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Tadbir davomida markaz rahbari Sayidali Temiraliyev barcha tadbir ishtirokchilariga markazning tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg’alarini taqdim etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram