Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA “SO’NGGI QO’NG’IROQ” TADBIRLARI KATTA TANTANA SIFATIDA NISHONLANDI

×

 2024-05-25 15:37:03    502

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari katta tantana sifatida nishonlandi

 

Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi, bugun So’x tumanining barcha umumta'lim maktablarida 2023-2024 o’quv yilining yakuniga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tdi. Barcha 11-sinf bitiruvchilariga nurli kelajak sari so’nggi qo’ng’iroq sadolari ostida yo’llanma berildi.


Umbara mahallasining 16-sonli va Tul mahallasining 24-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabidagi tashkil etilgan tadbirlarda qatnashib, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha bitiruvchilar va maktab jamoasini ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi.

Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi mudiri Foziljon Mirzoyev ham barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi. Tashkil etilgan barcha tadbirlar davomida o’quv yilida faol bo’lgan va namuna ko’rsatgan o’quvchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari taqdim etildi.


So’x tumanida 2023-2024 o’quv yilida jami bo’lib 18 033 nafar maktab yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiya jarayoniga qamrab olingan bo’lsa, shundan 1 568 nafarini 9-sinf bitiruvchilari hamda 1 232 nafarini 11-sinf bitiruvchilari tashkil etadi. Bu yil 90 nafar 9-sinf bitiruvchilari "A'lo darajali" shahodatnoma bilan, 9 nafar 11-sinf bitiruvchilari kumush va 83 nafari oltin medal bilan bitirmoqdalar.

2023-2024 o’quv yili davomida 1 nafar Respublikada, 10 nafar o’quvchilar viloyat fan olimpiadasida faxriy o’rinlarni qo’lga kiritgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram