RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI VAKILLARI ISHTIROKIDA SO’X TUMANIDA O’RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2024-05-14 16:28:02 834
Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida So’x tumanida o’rganish ishlari olib borilmoqda
Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarda aholi muammolarini o’rganish va hal etish, bandligini ta'minlash va oilalarni mustahkamlash, ma'naviyat va mar'rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo’nalishlarda olib borilayotgan ishlar holati o’rganilmoqda. Bugun So’x tumaniga ham davlatimiz rahbari tomonidan berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tashrif buyurgan ishchi guruh a'zolari ishtirokida tuman faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tuman hokimligida ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Amirtemurxon Musayev ishtirokida barcha sohalardagi muammo va kamchiliklar tahlil va muhokama etildi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirishga qartilgan tizimli ishlari tashkil etishga doir takliflar o’rtaga tashlandi.
Ayni damda ishchi guruh a'zolari tuman mahallalarida o’rganishlar olib borishmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram