Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI AGENTLIGI RAHBARIYATI SO’X TUMANIDA!

×

 2024-05-14 16:25:11    773

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati agentligi rahbariyati So’x tumanida!

So’x tumani alohida jug’rofik xususiyatga ega hudud hisoblanadi va tabiiyki, bahor va yoz fasllarida favqulodda vaziyatlar – sel kelishi va suv toshqini yuzaga kelishi ehtimoli juda yuqori tuman hisoblanadi. Tumanda tashkil etilgan maxsus shtab a'zolari ham har kuni tuman hududlarida bo’lib, o’rganishlar amalga oshirishadi va bu bo’yicha aholi o’rtasida targ’ibot ishlari ham olib borilayotir.

O’zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev boshchiligidagi ishchi guruh bugun tumanimizga tashrif buyurdi. Ishchi guruh asosan tuman hududidagi tog’oldi mahalllar va suv toshqini, sel kelishi ehtimoli yuqori bo’lgan qishloqlarda bo’lib, o’rganish ishlarini olib borishdi va tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram