Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLANGIZDA SPORT OB'EKTLARI QURILISHINI ISTAYSIZMI? UNDA, OVOZ BERING!

×

 2024-05-14 16:15:48    361

PDF yuklash
Chop etish


Mahallangizda sport ob'ektlari qurilishini istaysizmi? Unda, ovoz bering!

O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan Respublikadagi har bir tuman-shaharda bittadan sport maydonchasini ovoz berish yo’li bilan qurib berish bo’yicha tanlov loyihasi boshlanganligi haqida allaqachon xabardor bo’lgansiz. Endilikda mahallalarda sport maydonchasi qurilishida fuqarolarimiz o’z ovozlari bilan ishtirok etishlari mumkin bo’ladi.

Ovozlar bugundan boshlab 1 iyungacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi. Joylarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablag’lari hisobidan barpo etiladigan sport ob'ektlari va inshootlarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.

Bizning tumanimizdan ham 3 ta – Lenbur, G’aznov va Devayron mahalla fuqarolar yig’inlari ushbu platformaga kiritilgan va ishonchimiz komilki, fuqarolarimiz ushbu xayrli tashabbusda ham faollik ko’rsatadilar. Ma'lumot uchun: Farg’ona viloyatidan 60 ta mahalla fuqarolar yig’ini ushbu platformaga kiritilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram