Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-05-09 15:05:51    265

PDF yuklash
Chop etish


Bilasizmi?

Sux tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining katta yoshdagilar va og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho’'basining asosoiy vazifalari

Ushbu sho’'ba asosan yolg’iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ish olib boradi.


Yolg’iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar asosan farzandlari bor, lekin boshqa hududga chiqib ketgan, o’zgalar qaramog’iga muxtoj ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan oshgan xo’jaligida yolg’iz yashayotgan shaxslar hisoblanadi.


Yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar asosan 1-darajali yaqin qarindoshlari yo’q (ya'ni xej kimi yo’q) o’zgalar qaramog’iga muxtoj ayollar 55 yoshdan, erkaklar 60 yoshdan oshgan keksalar xisoblanadi.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo’llanmalar berish sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi 693-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo’llanmalar berish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma'muriy reglamenti”ning 4-bandida yo’llanmalarni berish davriyligi ko’rsatib o’tilgan. Unga ko’ra bir yilda bir marta navbat asosida:

- urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni

boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo’lib qolgan shaxslarga;

- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob'ektlarida xarbiy xizmatni

o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;

- o’zgalar parvarishiga muxtoj bo’lgan yolg’iz keksalarga;

ikki yilda bir marotaba - navbat asosida:

- urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

- halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikoxdan o’tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);

- I va II-guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga, ko’zi ojiz I-guruh nogironini

kuzatib boruvchi shaxsga;

uch yilda bir marotaba - navbat asosida:

- yoshga doir pensiya oluvchilarga.

 

Ta'kidlash kerakki, endilikda keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar sanatoriylarda davolanishga yo’llanma olish uchun arizani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Farruxjon Shodiyev - So’x tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining katta yoshdagilar va og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho’'basi mudiri




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram