FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-05-08 15:44:00 126
Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
Xalq bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yish maqsadida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti So’x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Unda hokim o’rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi. Qabulda 10 nafar fuqarolar qatnashib, o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar va qilingan murojaatlardan 6 tasi ijobiy hal etildi.
Qabul jarayonida har bir fuqaro murojaati tinglanib, ijrosi mutasaddi rahbarlar tomonidan nazoratga olindi hamda murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram