Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEVAYRON MAHALLASIDA TUMAN SEKTOR RAHBARLARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2024-05-07 17:47:00    123

PDF yuklash
Chop etish


Devayron mahallasida tuman sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi

Bugun Devayron mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 16-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda ishtirok etgan tuman sektorlar rahbarlari ham mahallla ahlini qiynayotgan muammolar yuzasidan qilingan murojaatlarga munosabat bildirdilar.

Qilingan har bir murojaat mutasaddi rahbarlar ishtirokida bevosita o’rganildi. Mahalla obodligi, ichimlik suvi ta'minoti, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta'minotiga doir masalalar, mahalla hududida yo’l harakati xavfsizligini ta'minlashga oid tadbirlarni tashkil etish, mahalladagi umumta'lim maktabini ta'mirlash kabi masalalar mahalla ahli murojaati asosini tashkil etdi.

Tadbirda har bir sektor rahbariga ham muammolar yuzasidan murojaatlar qilindi. Mahalla yettiligiga hududda aholi muammolarini aniqlash va ularning yechimi bo’yicha hamkorlik chora-tadbirlarini belgilash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram