BILASIZMI?
2024-05-07 17:45:21 172
Bilasizmi?
Qonunchilikka ko’ra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori bo’lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.
Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo’lgan o’rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo’lganlar, daromadi yuqori bo’lmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so’mdan 8 mln 400 ming so’mgacha);
Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so’mdan 9 mln 660 ming so’mgacha).
Ma'lumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori 1 050 000 so’m
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram