E'TIBOR
2024-04-27 14:44:24 305
E'TIBOR
Ta'kidlash lozim, Respublikamizda jazo muddatini o’tab qaytgan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularni sog’lom turmush tarziga yo’naltirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilyapti. So’x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi, tuman BKM hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorligida ham ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar e'tirof etishga loyiq.
Bugun hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi va tegishli idoralar bilan hamkorlikda So’x tumani Sebzor qishlog’ida yashovchi, jazo muddatini o’tab qaytgan Zokirjon Mamajonov xonadoniga borib, uning holidan xabar olishdi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan mazkur holat ko’rib chiqib, markaz tomonidan 1 360 000 (bir million uch yuz oltmish ming) so’m miqdorida moddiy yordam puli berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram