SO’X TUMANIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI
2024-04-25 17:54:15 199
So’x tumanida sayyor qabul tashkil etildi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali tashabbusi bilan So’x tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan shaxslar va hududda istiqomat qiluvchi 30 dan ortiq shaxslar ishtirok etdi.
Unda murojaatlarning aksar qismi
davlat fuqarolik xizmatiga kirish,
mehnat qonunchiligiga oid huquqiy maslahat,
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoit yaratish yo’nalishlariga oid masalalardan iborat.
Murojaatlarning 10 tasi joyida hal etildi, 11 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Qo’shimcha o’rganishni talab qiladigan 9 ta murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o’rganilib, qonuniy tartibda yechim beriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram