ARGOS AGENTLIGI FARG’ONA VILOYATI FILIALI MAS'UL XODIMLARI: SO’X TUMANIDA FAOLIYATIMIZ DAVOM ETMOQDA
2024-04-24 17:10:00 274
ARGOS agentligi Farg’ona viloyati filiali mas'ul xodimlari: So’x tumanida faoliyatimiz davom etmoqda
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali mas'ul xodimlari tomonidan So’x tumanidagi 27 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi "mahalla yettiligi" ma'sul xodimlari bilan joyiga chiqqan holda uchrashuvlar o’tkazmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023 yildagi PF-209-sonli Farmoniga ko’ra mahalla xalq bilan davlat o’rtasidagi "ko’prik" vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishi zarurligi belgilangan.
Uchrashuvlar davomida, farmonda belgilab berilgan vazifalar mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlarida iborat "mahalla yettiligi" vazifalari, hamkorligi hamda ularni faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram