Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA FAOLIYATI YO’LGA QO’YILAYOTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI XODIMLARINI SARALASH MAQSADIDA TANLOV JARAYONLARI BO’LIB O’TMOQDA

×

 2024-04-24 11:28:12    177

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda faoliyati yo’lga qo’yilayotgan ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlarini saralash maqsadida tanlov jarayonlari bo’lib o’tmoqda

O’zini o’zi boshqarish organlariga berilayotgan e'tibor zamirida Vatanimizning ajralmas bo’lagi bo’lgan mahallalar rivoji, unda istiqomat qiladigan fuqarolarning manfaati mujassam. Shuning uchun, bugungi kunda mahalla institutini yanada rivojlantirish maqsadida Respublikamizda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hududlarda mahalla yettiligi faoliyatini yo’lga qo’yilishi ushbu tizimni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ayni kunda mahallalarda yana bir vazifa - ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi xodimi lavozimi joriy etilmoqda.

Oftobru mahallasida joylashgan 30-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan ochiq muloqot ham aynan ushbu dolzarb masalaga bag’ishlandi. Tadbirda ishtirok etgan davlat xizmatini rivojlantirish antligi Farg’ona viloyati filiali mas'ul xodimlari mazkur lavozimga ariza topshirgan nomzodlar bilan uchrashib, har bir davlat xizmatchisi oldiga qo’yiladigan vazifalar haiqda gapirib, nomzodlarni saralash va ularni mas'uliyatli vazifaga yo’naltirish uchun bevosita tumanda test sinovlari o’tkazilishi haqida tushuntirishlar berishdi.        

Tadbirdan so’ng, So’x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi xodimi lavozimlariga o’tkazilayotgan tanlovlarning test sinovi bosqichi o’tkazildi.

Eng e'tiborlisi bu bosqich viloyatda emas aynan So’x tumanida o’tkazilayotganligi. Chunki Davlat xizmatini rivojlantirish antligi Farg’ona viloyati filiali mas'ul xodimlari 176 nafar nomzodlarni viloyat markaziga ovora qilmay, o’zlari tumanga tashrif buyurishdi.

Bugun tuman madaniyat markazida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali ishchi guruhi ishtirokida davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun shart-sharoit yaratish hamda davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish masalalarida sayyor qabul o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram