XODIMNI DAM OLISH KUNI YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNI ISHGA JALB ETISHNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
2024-04-22 17:28:49 250
Xodimni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etishni rasmiylashtirish tartibi
Yangi Mehnat kodeksining 212-moddasiga ko’ra:
Xodimlarni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Bunda:
xodimning dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishlashga roziligi xodim tomonidan tegishli ariza berish orqali;
xodim tomonidan ish beruvchining xodim dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishlashga rozi ekanligi to’g’risidagi buyrug’iga imzo qo’yish orqali olinishi mumkin.
Xodim dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga o’z roziligisiz jalb etilganda ish beruvchining buyrug’ida Mehnat kodeksining 210-moddasida nazarda tutilgan alohida hol ko’rsatilishi kerak.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram