AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN ASRASH VA HIMOYALASH MAQSADIDA HAMKORLIK TADBIRLARI O’TKAZILYAPTI
2024-04-16 16:47:25 274
Aholini favqulodda vaziyatlardan asrash va himoyalash maqsadida hamkorlik tadbirlari o’tkazilyapti
Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida aholi o’rtasida keng qamrovli targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
So’x tuman FVB FVDT va FM tashkil etish bo’linmasi boshlig’i, leytenant Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, bunday targ’ibot tadbirlari tumanimizning tog’oldi hududlarida istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida ayniqsa, tizimli amalga oshirilmoqda va aholini ogohlikka chaqiruvchi tadbirlar olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi “Aholi va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog’liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 426-sonli qarori ijrosi doirasida Farg’ona gidrometeorologiya boshqarmasi, viloyat va tuman FVB hamda tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda Hushyor asosiy sel yo’lida joylashgan aholiga OGOHNOMALAR tarqatildi.
Ushbu tadbirlar So’x tumanida sel va suv toshqini xavfi mavjud ob'ektlarda, aholi va xo’jaliklar sel va suv toshqin davrini betalofat o’tkazish maqsadida o’tkazilayotir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram