Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAMAZON-SAXOVAT, MEHRU OQIBAT VA BAROKAT OYIDIR

×

 2024-04-09 14:17:03    123

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon-saxovat, mehru oqibat va barokat oyidir


Ramazon oyi – ezgu fazilatlar va mehr-muruvvat oyi. Bu oyda kishilar bir-birini yo’qlaydi, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, sovg’a-salomlar beriladi, homiylik yordamlari ko’rsatiladi. Iftorlik dasturxonlari yozilib, ko’ngillar shod etiladi.


Muborak Ramazon oyi munosabati bilan So’x tumanida ham ro’zadorlar uchun iftorliklar tashkil etilib, xayr-ehson ishlari amalga oshirildi.


Tuman hokimligi va “Nuroniy” jamg’armasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig’inlaridan kelgan nuroniy otaxonlar, mahalla faollari, oqsoqollar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mahalla yettiligi va boshqa ro’zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.


Iftorlik marosimida tumanning har bir mahallasidan tashrif buyurgan ro’zadorlar, mehnat faxriylari, yoshu keksalar dasturxon atrofida jam bo’ldi. Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbatlarda tumanda hududlarni obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so’z yuritildi.


To’kin dasturxon atrofida nuroniylar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun shukronalik bildirib, duoga qo’l ochdilar. Ramazon oyining fazilatlari, odamlarning bir-biriga mehr-oqibati mustahkamlanib borayotgani ta'kidlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram