Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMANI KENGASHINING SAKSON OLTINCHI  SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-04-06 15:12:18    309

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining sakson oltinchi  sessiyasi bo’lib o’tdi

So’x tumani hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining sakson oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Sessiyaga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi.

Sessiya kun tartibiga to’rtta masala qo’yildi:

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39 sonli qarorining 5,4-bandiga asosan tumanda oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash dasturlarining ijrosi, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida;

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga asosan “Suv iste'molchilarga shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste'molchilariga tuman ahamiyatiga ega bo’lgan suv ob'ektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha suv olish limitlarini tasdiqlash” to’g’risida;

- “O’zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tumanda ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida;

- 2024 yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag’lar hisoboti to’g’risida.

Sessiyada deputat Subhonali Nishonov taklifiga binoan kun tartibiga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sarikanda mahallasida joylashgan OShPda avtoklav yo’qligi va ushbu masalaning yechimi yuzasidan masala kiritildi.

Barchamizga ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi 39-sonli qarorining 5,4-bandiga asosan tuman hokimlarining birinchi o’rinbosarlari tuman oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida har chorak yakuni bo’yicha xalq deputatlari tuman Kengashlarida hisobot berib borishi amaliyoti joriy etilgan.

Masalaga oid so’zga chiqgan tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev sessiya ishtirokchilariga bu bo’yicha to’liq ma'lumot yetkazdi.  

Sessiya kun tartibiga qo’yilgan ikkinchi masala yuzasidan so’zga chiqgan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori  O’tkirjon Boltaboyev So’x tumani aholisiga mazkur soha tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar, sohadagi muammo va kamchiliklar haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Qizg’in savol-javoblarga boy bo’lgan mazkur masala yuzasidan ham deputatlar yauniy qaror qabul qilishga kelishib olishdi.

Shundan so’ng, sessiyada uchinchi masala ko’rildi. Mazkur masala yuzasidan deputatlar Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi So’x tumani bo’linmasi rahbari Gulshanjon Ibragimovning hisobotini tinglashdi.

Sessiya kun tartibidagi to’rtinchi masala bo’yicha so’zga chiqgan tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i Zaylidin Iskandarov ishtirokchilarga 2024 yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilgan mablag’lar yuzasidan hisobot berdi. Bu masalaga doir qizg’in savol javoblar qilindi.    

Shundan so’ng deputat Subhonali Nishonovning taklifiga binoan sessiya kun tartibiga qo’yilgan masala muhokama etildi. Bu bo’yicha deputat tomonidan mutasaddi soha rahbariyatiga yo’naltirilgan deputatlik so’rovi o’qib eshittirildi. Tuman markaziy shifoxonasi bosh hakimi, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Sanjarbek Ismoilovga mazkur kamchiliklarni tizimli bartaraf etiish va qilingan ishlar bo’yicha ma'lumot taqdim etish vazifasi yuklandi.   

Sessiya davomida qo’yilgan masalalar bo’yicha deputatlarning muzokaralari tinglandi. Masala yuzasidan sessiya ishtirokchilari o’zaro fikr almashdilar va shu bilan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining sakson oltinchi sessiyasi yakunlandi.

        So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram