Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O’TKAZILDI

×

 2024-04-05 17:41:30    271

PDF yuklash
Chop etish


“Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi

Bugun tuman madaniyat markazida “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. Tanlov Nizomiga ko’ra, mazkur tanlovda tumandagi umumta'lim maktablari o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdilar.

Tanlov shartlariga ko’ra, ishtirok etgan 5 ta jamoa o’zaro bellashdilar. 2-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining “Sitora”, 8-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining “Rennessans”, 16-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining “Ibrat”, 23-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining “Sharq” va 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining “Mavlono” jamoalari ishtirokchilarining mahorati va iste'dodi hakamlar hayati tomonidan sinovdan o’tkazildi.

Maydonga tugan jamoalar tanlovning asosiy shartlari – “Bizning maktab”, “Madaniyat va san'at bilimdoni” va “Teatr-ibratxona” shartlari asosida o’z mahoratlarini namoyish etishdi. Asosan sahna ko’rinishlari zalga to’plangan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida g’olib va sovrindor bo’lgan jamoalarga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari taqdim etildi. Jamolar sovg’alarni tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov va viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakili qo’lidan qabul qilib oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram