Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BERILAYOTGAN E'TIBORDAN MAHALLANING ISHSIZ YOSHLARI MAMNUN!

×

 2024-04-04 15:47:08    123

PDF yuklash
Chop etish


Berilayotgan e'tibordan mahallaning ishsiz yoshlari mamnun!

Yoshlar, ayniqsa, ishsiz bo’lgan yoshlar bandligini ta'minlash, davlatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor orqali ularni ruhlantirishga qaratilgan harakatlar bugun o’zining samarasini berayotir.

Tul mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Bahramali Haydarovning bizga bergan xabariga ko’ra, ayni ushbu yo’nalishda mahalla hokim yordamchisi bilan mustahkam hamkorlik olib borilmoqda. Bunda yoshlarga subsidiy asosida berilayotgan mehnat anjomlari ularning bandligini ta'minlashda asosiy omil bo’lib xizmat qilayotir.

- Mahallamizda istiqomat qiluvchi ishsiz yosh Otabek Mamadisoyevga mahalla hokim yordamchisi Tolibjon Murodov bilan birgalikda subsidiya asosida multikultivator texnikasi olib berishga erishdik. Bugungi kunda Otabek kuniga o’rtacha 350-400 ming so’m oilasiga daromad olib kirmoqda. Zotan davlat tomonidan berilayotgan beminnat yordamni o’zining haqiqiy egalariga yetkazib berish bizning eng asosiy vazifamizdir, - deya yozmoqda mahalla yoshlar yetakchisi Bahramali Haydarov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram