Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKOR MAHALLASIDA ICHKI YO’LLARNI REKONSTRUKTSIYA QILISH UCHUN SALKAM 3 MILLIARD SO’M MABLAG’ YO’NALTIRILGAN

×

 2024-04-01 16:57:09    276

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkor mahallasida ichki yo’llarni rekonstruktsiya qilish uchun salkam 3 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan


Tumanimizda mahallalar obodligi va aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida amaliy ishlar olib borilayotir. Turli loyiha va dasturlar orqali qishloq infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar bugun tumanimizning aksariyat mahallalarida amalga oshirilmoqda.


O’tgan 2023 yili 1-sektor hududidagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida hududning ichki yo’llarini ta'mirlashga qaratilgan ishlar Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida amalga oshirildi. Mahalla raisi Habibjon Olimovning so’zlariga ko’ra, mahallada asfaltlashtirilmagan yoki betonlashtirilmagan ichki yo’llar qolmadi.


Ayni kunda mazkur mahallada Jahon Bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi asosida ichki yo’llarni asfaltlash va piyodalar yo’laklarini ta'mirlash loyihasini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha asosida ko’chalar chetidagi ariqlarga lotoklar ham o’rnatilishi rejalashtirilgan.


Mazkur loyihani amalga oshirishga doir ishlar mazkur mahallada boshlab yuborildi. Loyihani amalga oshirish uchun 2 milliard 697 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram